Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan, Bojxona qo‘mitasida “Yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” formatida “Yosh xotin-qizlar va ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.


Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligida o‘tgan ushbu nufuzli tadbirda qo‘mita tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimalar va Bojxona instituti kursantlari qatorida, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Charos Mirxoliqova ham mehmon sifatida ishtirok etdi va davra suhbatida “Zamonaviy ayol-qizlarning jamiyatdagi o‘rni: psixologik barqarorlik, kasbiy salohiyat va yetakchilik mas’uliyati” mavzusida fikr yuritdi.

Ushbu ma’ruza yosh xodimalar va kursant qizlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati va yetakchilik salohiyatini shakllantirishda muhim amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.

