Institutimiz doktorantlari va tadqiqotchilarining nashriyot faolligini oshirish hamda jahon ilm-fan hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida, ular “Yuqori impaktli jurnallarda maqola chop etish: real tajriba va samarali usullar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etishdi.

Seminar Davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning ilmiy tadqiq etish laboratoriyasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirning bosh spikeri sifatida Malayziya Terengganu universiteti dotsenti, matematika yo‘nalishida DSc ilmiy darajasiga ega yetakchi olim, doktor Zaynidin Eshquvvatov ma’ruza qildi.

Asosiy mavzular va amaliy ahamiyat
Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lgan hamda Malayziyaning yetakchi universitetlarida (UMT, UPM, USIM, UniMAP) faoliyat yuritgan doktor Z. Eshquvvatov seminar davomida o‘zining ko‘p yillik boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Xalqaro e’tirof sari navbatdagi qadam
Institutimiz doktorantlari uchun ushbu seminar xalqaro miqyosdagi dolzarb savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Tadbirda berilgan hayotiy misollar va amaliy ko‘rsatmalar yosh olimlarimizni o‘z tadqiqotlarini nufuzli Q1–Q3 toifasidagi jurnallarda e’lon qilishga hamda o‘z ilmiy salohiyatlarini jahon miqyosida namoyish etishga ruhlantirdi.a ega yetakchi olim, doktor Zaynidin Eshquvvatov ma’ruza qildi.

Institutimiz rahbariyati tadbir tashkilotchilariga hamda doktor Zaynidin Eshquvvatovga shunday mazmunli va yuqori saviyadagi seminar uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Tadqiqotchilarimizning ilmiy yutuqlari – institutimiz va yurtimiz ilm-fanining muvaffaqiyatidir!
