Joriy yilning 25-fevral kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2-chorak qabuli doirasida kirish suhbatlari o‘tkazildi.

Imtihon jarayonlari quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun tashkil etildi:

  • 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
  • 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya;
  • 08.00.13 – Menejment.

Suhbat bosqichining xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Institut tomonidan maxsus hay’at shakllantirilib, ularning faoliyati belgilangan reglament asosida yo‘lga qo‘yildi. Talabgorlarning ilmiy salohiyatini baholashda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy metodologiyaning asoslanganligi hamda ilgari surilayotgan g‘oyalarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Imtihon natijalari belgilangan tartibda Institutning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

Fikr bildirish