Joriy yilning 22-23 avgust kunlari 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, 55 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar suhbat imtihonlarida qatnashishlari belgilangan.

 

Qabul komissiyasi tomonidan suhbat imtihonlari joriy yilning 22-23 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.

Nomzodlar belgilangan vaqtga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari talab etiladi.

 

📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, I.Karimov ko‘chasi, 45-uy.

Мо‘ljal: O‘zbekiston metro bekati