Joriy yilning 13 mart sanasida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi PhD dotsenti Aziz Zikrilloyev tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida “Tadqiqot ishi bosqichlarini munosib boshqarish va amaliy ekonometrika vositasida yangi ilmiy natijalar olish uslubiyati” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida doktorantlar va tinglovchilarga Tadqiqot natijalarini ProQuest,ScienceDirect,Mendeley,ResearchGate va shu kabi dasturlardan foydalanib IMRAD uslubiyotida xalqaro ilmiy formatga rasmiylashtirish va Ilmiy natijalarga mualliflik guvohnomalarini olish tartibi yuzasidan qiziqarli trening boʻldi.