2025 yil 1-may kuni Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekistonda qadriyatlar transformasiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli anjuman milliy va xalqaro ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari, ilmiy va siyosiy doiralar vakillarini birlashtirdi.
Anjumanda 9 ta xorijiy davlatdan ekspertlar hamda davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, akademik hamjamiyat va siyosiy partiyalar vakillari – 70 nafarga yaqin mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori oʻrinbosari Yunosov Alisher Bobomurodovich ham ishtirok etdi.