Joriy yilning 13-mart sanasida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida falsafa fanlari doktori, professor Abdullajon Begmatov tomonidan institut doktorantlari uchun «Ilmiy  ish qilishda tizimli tahlil metodlaridan foydalanish» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

 

 

 

Unda tizimli tahlilni olib borishda e’tibor qaratish zarur boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, tadqiqot ishi muammosini aniqlash, ilmiy tadqiqot usullarini bilish, ilmiy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yoʻllari hamda tadqiq etilayotgan muammo doirasidagi atamalar mazmuniga alohida e’tibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.

 

 

 

Fikr bildirish