Joriy yilning 1-mart kuni 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, 55 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar suhbat imtihonlarida qatnashishlari belgilangan.
Qabul komissiyasi tomonidan suhbat imtihonlari joriy yilning 7-mart va 10-mart kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi (7-mart kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati nomzodlari, 10-mart kuni qolgan hududlardan topshirgan nomzodlar ishtirok etadi).
Suhbat imtihoni haqidagi ma’lumotlarni yomi.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.
Nomzodlar belgilangan vaqtga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari talab etiladi.
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, I.Karimov ko‘chasi, 45-uy.
Мо‘ljal: O‘zbekiston metro bekati