Joriy yilning 16-17 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2021 o‘quv yilining 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi himoyasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, davlat boshqaruvi organlari hamda tashkilotlardan jalb qilingan olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.



 

Bitiruv malakaviy ishi himoyasida tinglovchilar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘luvchi taklif va mulohazalar keltirildi. Komissiya a’zolari tomonidan tinglovchilar bitiruv malakaviy ishi obyektiv baholandi.
Hozirda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan tinglovchilarga davlat namunasidagi Diplomlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.