MAKTABLARDA OMMALASHMAGAN XORIJIY TILLARNI O’QITISH: JANUBIY KOREYA

Hukumat tomonidan jami 53 ta chet tilini o’rgatish bo’yicha o’rta muddatli reja ishlab chiqilgan. Ushbu tillar hozirda keng tarqalmagan bo’lsada, davlatlararo munosabatlarda muhim o’rin tutadi. Onlayn darslarni tashkillashtirishga malakali chet tili o’qituvchilari jalb etilib, ular boshlang’ich, o’rta va yuqori sinf maktab o’quvchilariga ta’lim berishadi. Shuningdek, K-MOOC onlayn ta’lim dasturi doirasida 2026 yilgacha o’quv kurslari sonini…

O`qishni davom ettirish

MAKTABLARDAGI O’QUV YUKLAMASI: XITOY

Xitoy maktablaridagi o’quv yuklamasi va uy vazifalarining qisqartirilishi bilan bir qatorda, ta’lim tizimi yanada takomillashtirilmoqda. O’quvchilar maktab hududida ko’proq vaqt o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Hukumat darsdan tashqari turli to’garaklarni o’z ichiga olgan dasturlarni joriy etishni rejalashtirilmoqda. Dasturlarga sport, san’at, mehnat, kitob o’qish va boshqa yo’nalishlar bo’yicha mashg’ulotlar kiritilishi nazarda tutilgan.

O`qishni davom ettirish

YOSH SAYLOVCHI – 2021

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 13 sentyabr kuni loyiha doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tadbir o’tkazilib,…

O`qishni davom ettirish

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI: IQTIDORLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

2021 yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonning qabul qilinishidan asosiy maqsad – talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR VA SPORT: ROSSIYA

V. Gruzdev, Rossiya huquqshunoslar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi: “Rossiyalik yosh sportchilar chet el klublariga o’tayotganda o’z sport maktablariga kompensatsiya to’laydilar”. Hujjat qonun loyihalari bo’yicha hukumat komissiyasi tomonidan ma’qullanib, unda 23 yoshgacha bo’lgan yosh sportchilar chet el klublariga o’tayotganda o’z sport maktablariga kompensatsiya to’lashlari nazarda tutilgan.

O`qishni davom ettirish

IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH: AQSh

San-Frantsisko meri London Brid – jinoyatchilar qonunga rioya etishlari uchun ularga to’lovlar tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi. Har oylik 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqanlarga yangi hayotni boshlash va rejalashtirishga yordam beradi. Shunga o’xshash amaliyot ilgari boshqa shtatlarda ham qo’llanilgan. Bundan tashqari, ushbu ijtimoiy qo’llab-quvvatlash investitsiya dasturida – yoshlarni…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR PROFILAKTIKASI: QOZOG’ISTON

Bugungi kunda butun Qozog’iston bo’ylab muammoli masalalarni yaqindan o’rganish, xizmat ko’rsatish maskanlarida huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi, jumladan, yoshlarni maksimal darajada qamrab olishga qaratilgan “Uchastka” – profilaktik tadbiri o’tkazilmoqda. Ushbu tadbir joriy yilning 1-sentyabridan 1-dekabrigacha davom etishi belgilangan. Tadbir doirasida militsiya uchastka inspektorlari yoshlar orasida huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, uyma-uy yurish orqali ichki ishlar organlarida ro’yxatdan…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR MADANIYATINI OSHIRISH

Yangi o’quv yili boshidan Rossiyada «Pushkinskaya karta» dasturi joriy etiladi. 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan fuqarolarga balansida 3000 rubl bo’lgan plastik kartalar beriladi. Ushbu mablag’lar yoshlarni madaniy tadbirlarga – teatrlarga, muzeylarga, konsertlarga va kutubxonalarga tashrif buyurishlari uchun taqdim etiladi. Mazkur tadbir Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mamlakat yoshlarini madaniy hordiq chiqarishlariga qaratilgan.

O`qishni davom ettirish

TADQIQOT: ROSSIYA YOSHLARI

Oliy Iqtisodiyot Maktabining tadqiqotiga ko’ra, bugungi kunda 2 milliondan ortiq 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan Rossiya yoshlari ish yoki o’qish bilan band emaslar. Jumladan, ushbu yoshdagi mamlakat fuqarolarining taxminan 15 foizi bandlik va ta’lim sektorida qamrab olinmagan.

O`qishni davom ettirish

TADQIQOTLAR: YOSHLAR – KITOB – SPORT

Joriy yilning iyul-avgust oylarida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan respublika yoshlarining kitob o’qishga va sport turlariga bo’lgan qiziqish darajasi hamda ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaqindan o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar tahlillari o’z yakuniga yetdi.

O`qishni davom ettirish