MAKTABLARDA YANGI FAN: POLSHA

2023-yilning 1-sentyabridan Polsha davlat maktablarining ta’lim dasturiga yangi “Biznes va boshqaruv” fani kiritilishi belgilangan. Polsha Ta’lim va fan vaziri, Pshemislav Charneknoviy: “Yangi fan yoshlarni voyaga yetishi bilan mustaqil ravishda to’g’ri moliyaviy qarorlar qabul qilishida muhim ahamiyat kasb etadi”. Shuningdek, 2027-yildan boshlab polshalik o’quvchilar bitiruv imtixonlarini topshirishda “Biznes va boshqaruv” fanini qo’shimcha fan sifatida tanlash imkoniyatiga…

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNINNG SIYOSATDAGI O’RNI BO’YICHA INDEKS: BMT

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish: “Yoshlarning xalqaro munosabatlardagi o’rni va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo’llab-quvvatlash maqsadida “yoshlarning siyosatdagi o’rni” bo’yicha mamlakatlar indeksini ishlab chiqish rejalashtirilgan”. Bugungi kunda BMT tomonidan – pandemiyaning yoshlarga salbiy ta’siri oqibatida shakllangan muammolarni bartaraf etish, yosh hotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash kabi masalalarga urg’u berilmoqda.

O`qishni davom ettirish

XORIJLIK TALABALAR SONINING ORTISHI: ROSSIYA FEDERATSIYASI

So’nggi uch yil ichida Rossiyada oliy ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning soni 26 mingga ko’paygan. 2019-yilda Rossiya OTMlarida 298 ming, 2020-yilda 315 ming, 2021-yilda esa 324 ming chet ellik talaba yoshlar tahsil olgan. Oliy ta’lim olish uchun mamlakatga asosan Qozog’iston (61 ming), O’zbekiston (48,7 ming), Xitoy (32,6 ming), Turkmaniston (30,6 ming), Tojikiston (23,1 ming), Hindiston (16,7…

O`qishni davom ettirish

ROSSIYALIK YOSHLAR UCHUN VIZASIZ REJIM: GERMANIYA

Germaniya hukumati 25 yoshgacha bo’lgan rossiyalik yoshlar (talaba va o’quvchilar) uchun vizasiz rejimni joriy etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu chora-tadbir Germaniya – Rossiya o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, yoshlar masalalarida o’zaro tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqadi.

O`qishni davom ettirish

KITOB MUTOLAASINI KUCHAYTIRISH BO’YICHA LOYIHA: AQSH

AQShning “Joseph & Elizabeth Shaw Public Library” kutubxonasi bolalar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida yangi loyiha ishlab chiqdi. Kutubxona hodimi ReoNason: “Bolalar bog’chasigacha 1000 ta kitob” loyihasini joriy yilda amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilgan bo’lib, loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad – 6 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni oshirish”. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ota-onalarning o’z farzandlariga…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR SONI KAMAYMOQDA: MOLDOVA

Mamlakat tarixida eng ko’p talaba yoshlar (128 ming) 2006-2007-yillarda qayd etilgan. 2019-yilda ularning soni keskin kamayib, 56 ming nafarga yetgan va so’nggi ikki yillik ko’rsatkich 59,6 ming nafarni tashkil etmoqda. “Viitorul” taraqqiyot va ijtimoiy tashabbuslar institutining (IDIS) eksperti V. Ionitsening ta’kidlashicha, 13 yil davomida mamlakatda talaba yoshlarning keskin kamayishiga sabab bo’lgan asosiy ikkita omil mavjud:…

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR O’RTASIDA ISHSIZLIK: GRETSIYA VA ITALIYA

Yevropada 25 yoshgacha bo’lgan aholi o’rtasidagi ishsizlik bo’yicha Gretsiya va Ispaniya yetakchilik qilmoqda. Gretsiyada ushbu ko’rsatkich 39,1 foizni, Ispaniyada esa 29,2 foizni tashkil etib, butun yevrohudud bo’yicha (15,5%) eng yuqori xisoblanadi. Ispaniyada yoshlarning ishsizlik ko’rsatkichi 2008 yildan beri birinchi marta 30 foizlik ko’rsatkichdan pastga tushgan. 2020 yildagi pandemiya sababli mamlakatda yana ishsizlik ko’rsatkichlarida o’sish kuzatilmoqda…

O`qishni davom ettirish

UKRAIN TILINI OʼRGATUVCHI MOBIL ILOVA: UKRAINA

Mazkur mobil ilovaning nomi “Yoy” boʼlib, asosan ona tilisi ukrain boʼlmagan boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun moʼljallangan. Kelgusida ilovadan umumtaʼlim muassasalarida oʼquv qoʼllanma sifatida foydalanish ham rejalashtirilgan. Bu kabi interaktiv mobil ilovalar oʼquv jarayonlarini yanada qiziqarli boʼlishini ta’minlab, mazkur tilni tez oʼrganish imkoniyatini beradi.  

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNING OVQATLANISH XARAJATLARI: ROSSIYA

Rosstat ma’lumotlari asosida FinExpertiza tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, yosh oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlari 80 foizga oshgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlar uy sharoitida kamdan kam taom tayyorlab, qimmat bo’lgan sog’lom ovqatni afzal ko’rishmoqda. K. Seleznyova, shifokor-diyetolog: “Yoshlarda ushbu xarajatlarining ortishi ularni ovqatlanishga nisbatan munosabatining o’zgarishi bilan bog’liq. Oldin insonlar o’z ratsionini faqat sog’ligida muammolar…

O`qishni davom ettirish

O’YIN ISHLAB CHIQARUVCHI KOMPANIYALARINING OMMAVIY YOPILISHI: XITOY

So’nggi yarim yil ichida Xitoyda 14 mingdan ortiq onlayn-o’yinlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyati tugatildi. Buning sababi, davlat organlari tomonidan o’yin ishlab chiqarish va tarqatish uchun litsenziyalar berishning to’xtatilganligi. Shuningdek, mamlakatda onlayn-o’yin ishlab chiquvchi studiyalardan tashqari, ularni targ’ib qiluvchi noshirlik korxonalari, turli autsorserlar va reklama firmalari ham yopilmoqda. Yirik kompaniyalar esa shtatlarni qisqartirmoqda. 2021-yilda Xitoy…

O`qishni davom ettirish