O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023 yil 4-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi.

✅Hujjatlar joriy yilning 15 iyuldan 15 avgustga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Institutda mavjub ixtisosliklar:

08.00.13 — Menejment

19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya

22.00.02 —Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi

23.00.02 — Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar

Maʼlumot uchun, talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

Fikr bildirish