2023-yil 23-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
🔰Konferensiya mobaynida turli soha mutaxassislari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, 2016-yil 14-sentabr kuni qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha o’z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Konferensiyada muhokama qilingan dolzarb masalalar yuzasidan rezolyutsiya ishlab chiqilib tasdiqlandi. Mazkur rezolyutsiyadagi taklif va tavsiyalar yoshlar bo‘yicha mas’ul organlarga taqdim qilinadi.