8 iyul kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti «Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish» kafedrasining majlisida Guliston davlat universiteti tadqiqotchisi Saidkulov Nuriddin Akramkulovichning «Yoshlar siyosiy madaniyatini innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirish mexanizmlari» mavzusidagi 23.00.03 – «Siyosiy madaniyat va mafkura» ixtisosligidan siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o’tdi.
Taqrizchilar va professor o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiya ishi atroflicha ko‘rib chiqilib taklif va tavsiyalar berildi.
Muhokama so‘ngida yozilgan dissertatsiya siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashga asosiy himoyaga tavsiya etildi.