Joriy yilning iyun-iyul oylarida (5 kun) singapurlik o’quvchi-talabalar (14-18 yosh) NASA olimlari, astronaftlari va ekspertlari bilan birgalikda “Mission Discovery” loyihasi doirasida kosmik tadqiqotlar va boshqa interaktiv dasturlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Loyiha doirasida yoshlarga muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar berilib, yoshlarda jamoaviy ishlash malakasini oshirish, ularda yetakchilik qobilyatini shakllantirish va turli loyihalar bilan yaqindan tanishishga qaratilgan.