UNICEF va Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi – Shveytsariya hukumati nomidan O’zbekistonda mahalliy hokimiyat organlarining bolalar va yoshlarga do’stona munosabatda bo’lish tashabbusini qo’llab-quvvatlash bo’yicha kelishuvni imzoladi.
Mazkur tashabbusni 2022-yilda sinov tariqasida O’zbekistonning 6 ta shahrida amalga oshirish uchun Shveytsariya hukumati qariyb 400 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratmoqda. Ushbu shaharlar Andijon, Farg’ona, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tanlab olinishi rejalashtirilgan.
2022-yilning yakunida tashabbus natijalari baholanadi va uni butun mamlakat miqyosida o’tkazish bo’yicha harakatlar rejasi ishlab chiqilib, tanlangan 6 ta shahardan 3 tasi “Yoshlar va bolalar uchun do’stona shahar” unvoni bilan taqdirlanadi.

Fikr bildirish