Yevropa Ittifoqi 2022-yilni «Yevropa yoshlari yili» deb e’lon qildi.
Yil maqsadi – Yevropa bo’ylab milliy, mintaqaviy va mahalliy darajada keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishdir.
Yevropa yoshlar yili dasturi yoshlar, yoshlar tarmoqlari, manfaatdor tomonlar, davlat organlari va Yevropa Ittifoqining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadbirlar yoshlarning maqsadlarini ro’yobga chiqarishga qaratilgan bo’lib, ularning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo’naltiriladi. Bunda iqlim va atrof-muhit, ta’lim va bandlik, jismoniy va ruhiy salomatlik kabi masalalar nazarda tutilgan.

 

Fikr bildirish