Qirg’iziston Respublikasida butun ta’lim tizimini, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining barchasini isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqilmoqda.
Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov: “Davlat ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, pedagog va o’qituvchilarning ish haqini oshirish oldimizda turgan dolzarb masalalardir”.
Joriy yilning 11 dekabr kuni, davlat rahbari yaqin uch o’quv yilida qirg’izistonlik yoshlar uchun davlat universitetlari va litseylarida o’qish uchun to’lovlar narxini oshirilmaslik yuzasidan farmonni imzoladi.

Fikr bildirish