Joriy yilning sentabr oyida Grozniyda Chechenistonning Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vazirligi hamda Yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi tomonidan “Yoshlar va qonun” intellektual-huquqiy o’yinining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Tadbir maqsadi – yoshlarda huquqiy bilimlarga bo’lgan qiziqishni oshirish hamda huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.
Mazkur o’yinda talabalar va yoshlar harakatlari vakillaridan tashkil topgan 8 ta guruh ishtirok etib, g’oliblar va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alar topshirilgan.

Fikr bildirish