O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI
AGENTLIGI HUZURIDAGI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI
2022 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga Yoshlarga oid muammolarni tadqiq etishga oid quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI
TAYANCH DOKTORANTURA:
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
08.00.13 — “Menejment” (2 o‘rin)
19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya” (1 o‘rin)
22.00.02 —“Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” (1 o‘rin);
23.00.01 — “Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi” (2 o‘rin)
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Magistr darajasiga yoxud oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha)ga ega bo‘lganlar;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza;
Qisqa biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplom yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Hujjatlar 2021 yil 15 oktabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov Ko‘chasi, 45 uy.
Murojaat uchun telefon: (998 71) 232 61 21
Elektron manzil: ilmiy@yomi.uz, guzaalia14@gmail.com