Nur-Sultonda «Жастар жалыны-2021» yoshlar ijodi tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlov maqsadi – yoshlar siyosatining ustuvor vazifalarini amalga oshirish, talaba yoshlarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, estetik va axloqiy tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
Tanlovda 29 yoshgacha bo’lgan poytaxt oliy o’quv yurtlari talabalari ishtirok etishi belgilangan. Tanlovda ishtirok etish talaba o’qiyotgan universitetning Yoshlar ishlari bo’yicha qo’mitasi orqali amalga oshiriladi.

Fikr bildirish