Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 13 sentyabr kuni loyiha doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tadbir o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassislari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi (jami – 1 700 nafar).

      

Tadbir doirasida – munozara, huquqiy viktorina, televiktorina, o’quv-seminarlar, “Yangi O’zbekiston yoshlari – kelajak drayverlari” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi ilmiy-ommabop va tahliliy maqola” kabi ko’rik tanlovlar tashkil etilib, faol yoshlar va g’oliblarga sertifikatlar hamda esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Tadbirda Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimlari ham faol ishtirok etib, yoshlarga mamlakatda demokratik talablar va xalqaro standartlarga mos saylov tizimi shakllantirilganligi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, fuqarolar, jumladan, yoshlarning saylov huquqlarini to‘la amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi qonunchilik izchil takomillashtirilgani tog’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.

 

Fikr bildirish