Joriy yilning 23-avgust kuni Hyatt Regency mehmonxonasida GIZ xalqaro tashkiloti va «VHS DVV International» hamkorligida tashkil etilgan «Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olish» loyihasi doirasida “Butunjahon axborot Internet tarmog’ida ekstremizm va terrorizm mafkuralari targ‘ibotiga qarshi kurashish, oldini olish va ogoh etishga qaratilgan tizimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ushbu loyiha zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olish uchun gender-ta’sirchanlik va inson huquqlari tamoyillariga asoslangan zamonaviy yondashuvlar va vositalar yordamida terrorizmga qarshi kurashning mavjud amaliyotini mustahkamlashga qaratilgan.

Yosh avlod o’rtasida radikal qarashlar va e’tiqodlarning tezkor shakllanishini hisobga olgan holda, yoshlar orasida terrorizm va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar bo’yicha faol muhokama bo’lib o’tdi. Tadbir ishtirokchisi sifatida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimi Go‘zal Xudoyberdiyeva mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati, bugungi kunda Islom dinini to‘g‘ri talqin qilishga yo‘naltirilgan yoshlar orasida diniy jamoalar bilan muloqotni tashkil etish, Internet tarmog‘ida sifatli monitoringni shakllantirish va ijtimoiy izolyatsiyaga qarshi kurash usullari haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Fikr bildirish