Yevropa Ittifoqi (YI) komissiyasi tomonidan “Yevropa Ittifoqi yoshlar koordinatori” lavozimiga bugungi kunda yoshlar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarining bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida Biliana Sirakovaning nomzodini ilgari surdi.
2021-yil 1-iyundan boshlab ushbu lavozimga yangi tayinlangan Biliana Sirakova xonimning asosiy vazfalari esa, Yevropa komissiyasi doirasida tarmoqlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida bandlik, ta’lim, sog’liqni saqlash, iqlim, demokratiya, madaniyat sohalari bo’yicha yoshlarga ta’sir ko’rsatadigan masalalarni ilgari surib, turli qatlamdagi yoshlarning manfaatdor tomonlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Shuningdek, turli-xil toifadagi yoshlarning tashvishlari va takliflarini tinglaydi hamda u ishtirokida yoshlar o’rtasidagi asosiy g’oyalarni komissiya masalalari doirasida ko’tarishga yordam berishdan iborat.
Yevropa komissiyasi taklifiga asosan yoshlar faoliyatining Yevropa Ittifoqi yoshlar koordinatori lavozimi 2019-2027 yillarda yoshlar strategiyasi doirasida amalga oshiradigan ishlarning bir qismidir. Ushbu taklif kengashning 2018 yil noyabr oyidagi qaroriga muofiq yoshlar sektoriga a’zo davlatlar tomonidan ma’qullangan.