Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko‘ra, dunyo bo’ylab yoshlarning holati va rivojlanish darajasini baholashga qaratilgan xalqaro va milliy darajadagi turli indekslar mavjud:
Yoshlar rivojlanishi indeksi (The Commonwealth Youth Development Index) beshta indikator bilan o’lchanadi: «ta’lim darajasi», «sog’liq va farovonlik», «ish bilan ta’minlash va imkoniyatlar», «fuqarolar faolligi». Bugungi kunga qadar ushbu indeks yordamida yoshlarning rivojlanishi ikki marotaba monitoring qilingan, xususan, 2013-yilda 170 ta davlat (Yoshlarning rivojlanish ko’rsatkichlari natijalari bo’yicha hisobot, 2013-yil sentyabr) va 2016-yilda 183 ta davlat (Global Youth) Rivojlanish indeksi va 2016-yilgi hisobot) qamrab olingan.

 

Global yoshlar farovonligi indeksi (Global Youth Wellbeing Index) – «gender tengligi», «iqtisodiy imkoniyat», «ta’lim», «sog’liqni saqlash», «fuqarolarning ishtiroki», «xavfsizlik va tartib», shuningdek «axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» kabi 7 ko’rsatkichni o’z ichiga oladi. Loyiha 2014 va 2017-yillarda amalga oshirilgan bo`lib, har birida 30 mamlakat qamrab olingan, ular iqtisodiy rivojlanish va statistik ma’lumotlarning transporentligi asosida tanlangan.
Yoshlar taraqqiyoti indeksi (Youth progress Index) – 12 komponent va 60 xil ko’rsatkichdan iborat 3 ta indikator asosida o’lchanadi: «yoshlarning ehtiyojlari», «farovonlik» va «imkoniyatlar». Indeks dunyo bo’ylab yoshlarning hayot sifatini o’lchaydi va 150 mamlakatni qamrab oladi. Yoshlar taraqqiyoti indeksi bugungi kunda iqtisodiy ko’rsatkichlardan qat’iy nazar, yoshlar hayotining darajasi to’g’risida to’liq ma’lumot beradigan birinchi vositadir.

 

Fikr bildirish