Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga koʻra, XX asrning 90-yillarida dunyoning qator rivojlangan mamlakatlarida (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va h.k.) jamoat tashkilotlari tomonidan imkoniyati cheklangan farzandlari boʻlgan ota-onalar uchun ularni parvarishlash, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etilgan hamda tadqiqotlar oʻtkazilgan. Mazkur tadqiqotlar oʻz navbatida imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlarning qulay sharoitlarda o’qishi, ularning huquq va manfaatlari ta’minlanishida muhim omil boʻlib xizmat qilgan.
Bu borada, G’arb mamlakatlaridagi maktablar ta’limga ehtiyoji mavjud bolalar uchun alohida mablag’ oladilar. Shuning uchun mazkur maktablar o’zida imkoniyati cheklangan o’quvchilar sonining ko’payishidan manfaatdor boʻlishadi.