Joriy yilning 23-25 iyun kunlari Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti kafedrasining dotsenti A.Qaxxorov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyasida yakuniy davlat attestatsiya komissiya a’zosi sifatida ishtirok etdi.
Himoya jarayonida magistrantlar tomonidan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya, tashqi savdo va yoshlar migratsiyasining dolzarb masalalari, shuningdek, jahon bozoridagi mavjud tendensiyalar va uning istiqbollari borasida qizg‘in ilmiy muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Komissiya a’zolari tomonidan magistr akademik darajasiga talabgorlarning ilmiy tadqiqot ishlari obyektiv baholandi.

 

Fikr bildirish