Joriy yilning 17-18 may kunlari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida 1 va 2 muhim tashabbuslar doirasida namunali tadbirlar tashkillashtirildi.
Tadbirlar maqsadi – o‘quvchi yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning jamoat tadbirlaridagi ishtirokini oshirish.
Tadbirlarda madaniyat va san’at arboblari (O‘zMTRK jurnalisti, “Shuxrat” medali sovrindori M.Xamraeva, O‘zMTRK jurnalisti N.Vohidova, Toshkent shahar Madaniyat markazi direktori Z.Umarova, “Nihol” mukofoti sovrindori D.Ali, yakkaxon xonanda D.Alimov), sport yulduzlari hamda Milliy gvardiyaning sport ustalari (boks bo‘yicha jahon chempionlari Sh.G‘iyosov, B.Jalolov, M.Axmadaliev, Milliy gvardiya boshlang‘ich tashkilot etakchisi M.Yusupov), o‘quv muassasa rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilari, Institut mutahassislari ishtirok etishdi (jami – 350 kishi).
Tadbirlar davomida yoshlar orasida musiqa, rassomchilik va sport turlari bo‘yicha ko‘rik tanlovlar o‘tkazilib, ularga madaniyat va san’at arboblari, sport bo‘yicha jahon chempionlari tomonidan master-klasslar o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlovlar yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan yoshlarga hamda tadbir mehmonlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.