O’zbekiston Yoshlari umumjahon assotsatsiyasi rahbari diplomatik protokol va etiket qoidalari bo’yicha master klass o’tkazdi.
Joriy yilning 30 – aprel kuni Diplomatik protokol va etiket fani doirasida institut tinglovchilariga O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasi raisi Murodilla Alimbaev tomonidan ma’ruza mashg’uloti olib borildi. Ma’ruzachi o’z amaliyotida bo’lgan jarayonlar va qiziq voqealar bilan o’rtoqlashdi. Mavzuning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritildi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga munosib javob oldilar.