10–13-noyabr kunlari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida (YOMI) 2027-yilgi qabul jarayoni doirasida kirish imtihonlari va suhbatlar o‘tkazildi.

Sinovlarda tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar ishtirok etdi.

Imtihonlar quyidagi 4 ta ixtisoslik bo‘yicha tashkil etildi:
08.00.13 — Menejment
19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
22.00.02 — Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi
23.00.02 — Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar

Jarayon davomida talabgorlarning nazariy bilimlari, ilmiy salohiyati hamda mustaqil tadqiqot olib borish kompetensiyalari baholandi.

Mazkur qabul jarayoni yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatbardosh ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish