Bo’lim Institutning tarkibiy tuzilmasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- iyundagi “O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida’’gi PQ-4768-sonli qarorining 5-ilovasi asosida tashkil etilgan. Ushbu bo’lim Institut Nizomi, Ilmiy kengash qarorlari, Institut direktori buyruqlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosan faoliyat olib boradi.
Bo’limning asosiy maqsadi Institut ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, olib borilayotgan ilmiy ishlarning texnik ta’minotini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion grant loyihalarini ishlab chiqish va yuritilishini muvofiqlashtirish, yuqori malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini o’rganish, tadbirlar o’tkazish, xalqaro aloqalarni o’rnatish hamda olib borish, shu asosda ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bo’lim ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati hamda xalqaro aloqalar bilan bog’liq faoliyatlarini Institutning umumiy faoliyati va ish rejalariga uyg’un tarzda, istiqbol va yillik ish rejalariga muvofiq olib boradi.
Bo’limning asosiy vazifasi bo’lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi va quyidagilardan iborat:
– Institutning yillik ilmiy faoliyatini belgilaydi va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradi;
– Institutning ilmiy muammolari doirasini belgilaydi;
– yoshlar muammolari asosida ilmiy tadqiqotlarning mavzular bazasini shakllantiradi;
– Institutga ilmiy izlanuvchilarni qabul qilish va ularning ilmiy faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashadi;
– Institut faoliyatiga doir bo’lgan mavzularda davlat ilmiy grantlarida ishtirok etadi;
– ilmiy jurnallar va nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy nashrlarni amalga oshiradi;
– Yoshlar masalalari va ilmiy faoliyat bo’yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hamkorlikning yangi yo’nalishlari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
– ilmiy faoliyat bo’yicha hisobotni yuritadi.
BO’LIM TARKIBI:
Bo’lim boshlig’i – Umarova Nargiza Abdugafarovna
E-mail: ilmiy@yomi.uz
Теl: (+998 71) 232-61-45, E-mail: ilmiy@yomi.uz