Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Xalqaro va ilmiy bo‘lim yetakchi mutaxassisi Ziyayeva Damiraxon Fayzullajon qizi hamda institut doktoranti va Parkent tumanidagi «Gulbog‘» MFY yoshlar yetakchisi Shoyo‘ldoshova Billura Shoxaydar qizi «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandilar.


Damiraxon Ziyayeva xalqaro aloqalarni rivojlantirish va ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirishda, Billura Shoyo‘ldoshova esa yoshlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlari hamda mahallada yoshlar bilan ishlashda munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Institutimiz jamoasi ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ilmiy hamda amaliy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!
