Markaziy kengashda tarixiy ahamiyatga ega hujjat – Prezidentning 20-apreldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari hamda ‘Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030’ strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda asosiy ma’ruzachilardan biri sifatida institutimiz o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Charos Mirxoliqova ishtirok etib o‘z ma’ruzasida strategiyaning konseptual mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil ochib berdi.


Ekspertimiz tomonidan taqdim etilgan chuqur tahlil natijasida uchrashuv ishtirokchilari mamlakat yoshlar siyosatining rivojlanish vektori haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldilar. Ustozlarimizning professionalligi bilan faxrlanamiz!
