Institutimiz jamoa azolari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Majmua kutubxonasida xodimlar Birinchi Prezidentning shaxsiy kitob javonidan joy olgan o‘nlab asarlarni ko‘zdan kechirdilar, ayrim nodir manbalardan parchalar o‘qidilar. Shuningdek, xorijiy davlat rahbarlari tomonidan sovg‘a qilingan eksklyuziv nashrlar hamda Birinchi Prezident hayoti va faoliyatini o‘rgangan tadqiqotchilarning ilmiy ishlari jamoada alohida taassurot qoldirdi.

 

Davlat boshqaruvi asoslarini va tarixiy kontekstni o‘rganish bugungi ijtimoiy jarayonlarni hamda yosh tadqiqotchilar oldida turgan vazifalarni chuqurroq anglashga yordam beradi.

 

Fikr bildirish