Turkiyada yoshlarda yolg‘izlik muammolariga bag‘ishlangan 7-xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
Tadbirda yoshlar bilan ishlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktor o‘rinbosari, dotsent Alisher Yunusov “O‘zbekiston yoshlarida yolg‘izlikning oldini olishda mahalladagi yetakchilarning o’rni” mavzusida onlayn tarzda taqdimot o‘tkazdi.


Simpoziumda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Rossiya sotsiologlari ham ishtirok etib, yoshlarda yolg‘izlik hissini kamaytirish bo‘yicha tajribalarini o‘rtoqlashdilar.
Mazkur xalqaro simpoziumda institutimiz vakilining ishtiroki jamoamiz uchun katta faxr bo‘lib, yoshlar muammolarini o‘rganish yo‘nalishidagi ilmiy salohiyatimiz xalqaro maydonda e’tirof etilayotganidan xursandmiz!
