Bugun, 4-mart kuni Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov  hamda Yaponiyaning Nagoya universiteti Pedagogika fakulteti professori Sarkar Arani Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.

 

 

 

Mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova bilan uchrashuvdan so‘ng, institutning professor-o’qituvchilari hamda doktorantlari uchun seminar tashkil etdilar.

Seminar davomida Yaponiyaning Nagoya universitetida pedagogika sohasida qoʻllanilayotgan eng yangi metodika va innovatsiyalar yuzasidan taqdimot qilindi. Shuningdek, UrDPIning yosh istiqbolli kadrlarini 4 oylik malaka oshirishda o’qitish va tegishli lavozimlarda faoliyat olib borishlari bo’yicha tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish