Joriy yilning 21 fevral kuni Institutning istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov tomonidan “Zamonaviy menejmentda rahbar va xodim munosabatlari” mavzusida seminar, ya’ni master-klass tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot yosh rahbarlarda zamonaviy boshqaruv uslublari hamda rahbarlik xislatlarini rivojlantirish sir-asrorlariga bag‘ishlangan bo‘lib, Murod Nazarov tomonidan yosh rahbarlarni hozirgi kunda qiynayotgan muammolariga javob topishda tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak rahbarlarga vatanparvarlik, mas’uliyat, dahldorlik hissini o‘z xodimlarida, umuman olganda har bir fuqarolarimizda shakllantirishning muhimligi haqida ta’kidladi.

Fikr bildirish