Joriy yilning 8-13 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “Yoshlar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish” bo‘yicha haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu tadbirda Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimlari, professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda.
Mazkur qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qizil toifaga mansub yoshlar bilan ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlar malakalari oshirilmoqda.
Ushbu tadbir yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadlarida tashkil etilgan bo‘lib, Yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlar muammolarini o‘rganish va “Yoshlar balansi” ni shakllantirish, jinoyatchilikka moyil, profilaktika hisobida turuvchi yoshlar bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, band bo‘lmagan yoshlar bilan individual ishlash tizimining ustuvor yo‘nalishlari, Project Management, “Shaxsiy psixologik rivojlanish” kabi yoshlar muammolariga doir mavzularni qamrab olgan holda o‘quvlar interfaol muammoli seminar-trening ko‘rinishida olib borilmoqda. Misol uchun, qizil toifaga mansub yoshlar muammolarini aniqlash, har bir yosh muammolariga alohida loyiha sifatida yondashish maqsadida loyiha boshqaruvi mavzusida ilmiy-amaliy seminar darslari tashkil etilmoqda.
Malaka oshirish kurslari 13-mayga qadar davom etadi.