Joriy yilning 13 noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida forum tashkil etildi.
Ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg’armasi, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida har bir ishtirokchi tomonidan belgilangan hududga daraxt ko’chatlari ekildi.
Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, professor, A. T. Jalilov: “Shu kabi tadbirlar kelgusida hududlarda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, ushbu jarayonlarga aholi, shu jumladan yoshlarning qiziqishini ortishiga, qolaversa, har bir fuqaroda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini kuchayishiga xizmat qiladi”.