O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2021-2022-o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga tinglovchilar qabul qilindi.
Joriy yilning 6-oktabr kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida navbatdagi qayta tayyorlash kursining ochilish marosimi tashkil etilib, Institut direktori, siyosiy fanlar doktori professor Jalilov Aktam Tashnazarovich tinglovchilarni tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi va o’quv jarayonlarida faol hamda tashabbuskor bo’lishga chaqirdi.
Shuningdek, tadbir davomida tinglovchilarga 4 oylik o‘quv kursining o‘quv rejasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan batafsil ma’lumot berilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hududida ekskursiya tashkil etildi.

Fikr bildirish