Joriy yilning 7 may sanasida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining bir guruh doktorantlari 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-Ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrifda doktorantlar Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyati bilan bogʻliq kitoblar,kataloglar,bukletlar,yoʻl koʻrsatkichlar va boshqa materiallar,shu jumladan,Islom Karimov hayoti va faoliyatiga tegishli kollektsiyalar va ashyolarni oʻrganishdi va kerakli ma’lumotlarga ega boʻlishdi.
Va tashrif yakunida Prezident haykali ostida gulchambarlar qoʻyishdi!