Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabi, “Tadqiqot.uz” xalqaro jurnallari portali hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabida mamlakat yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “2020 yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga muvofiq joriy yilning 11 aprelida Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi kongress zalida “Internet tarmogʻida yoshlar: muloqotning ijtimoiy tomonlari, muammolar, zamon renovatsiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Konferentsiya quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladi:

1-yoʻnalish: Yoshlar dunyoqarashining shakllanishida internetning oʻrni: mediaxavfsizlik
2-yoʻnalish: Raqamli iqtisodiyot: yangilanayotgan Oʻzbekistonni
IT platformalari, yangi texnologiyalar va biznes modellari orqali rivojlantirish yoʻllari
3-yoʻnalish: Axborot makoninining normativ-huquqiy asosi
4-yoʻnalish: Bloging va elektron jurnalistika etikasi: media-savodxonlik

 

Ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasining oʻtkazish tartibi: Konferentsiya Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktab binosida boʻlib oʻtadi va unda vazirlik, idora, tashkilot, muassasalar tegishli mutaxassislari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, yosh olimlar (doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar hamda bakalavr bosqichidagilar)ning ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Anjuman oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtymquli koʻchasi, 22-uy, «Aviagorodok-22». Moʻljal: “Ashxabod” istirohat bogʻi.
Oʻtkazish vaqti: 2020 yil 11 aprel kuni soat 10.00 da (registratsiya 9:00 dan)

 

Ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasida ishtirok etuvchilarning ilmiy maqolalari quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

 

1. Ilmiy maqolalar konferentsiya yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda boʻlishi lozim.

2. Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha boʻyicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.

3. Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm joy qoldirib, bir nusxada rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan soʻng muallifning toʻliq familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi yoki ilmiy unvoni yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki oʻqish joyi) va shahar nomi koʻrsatiladi. Soʻngra 1,5 interval qoldirilib, matn mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

4. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida boʻlishi, 2 betdan kam boʻlmasligi va 4 betdan oshmasligi talab qilinadi. Maqolalarning elektron nusxasi (RTF) va taqrizi imzosi bilan skaner qilingan (PDF) holatda maqolaga ilova qilib, conference@yomi.uz elektron manziliga yoki +998 94 242 50 42
( Telegram: @Umidnur22) raqamiga yuboriladi.

5. Havolalar maqolaning oxirida beriladi, unda adabiyotning muallifi, nomlanishi, nashriyoti, nashr etilgan yili, fikr olingan yoki asoslangan sahifasi koʻrsatiladi hamda oʻrnatilgan tinish belgilari tizimiga amal qilinadi. Har bir maqola antiplagiat dasturida tekshiriladi.

6. Konferentsiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz. Maqolaning oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida rezyumesi (2-3 jumlada), tayanch tushunchalar esa matn izchilligida rasmiylashtiriladi. Jadvallar, chizmalarning raqamlari va yozuvlari ust qismiga joylashtiriladi.

7. Konferentsiya uchun maqolalar 2020 yil 20 martiga qadar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Institutning (Toshkent shahri, I.Karimov koʻchasi 45-uy) tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etilishi mumkin.
Konferentsiya hayʼati tomonidan yuqoridagi mavzularga mos va talab darajasida rasmiylashtirilgan maqolalar koʻrib chiqiladi. Taqrizdan oʻtgan ilmiy maqolalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  •  Konferentsiya materiallari elektron toʻplam shaklda nashr etiladi hamda Tadqiqot.Uz portaliga va Kitobim.Uz mobil ilovasiga joylashtiriladi;
  •  DOI raqamini olish imkoniyati yaratiladi;
  •  Konferentsiya materiallari toʻplamiga ISBN, UDK va BBK tashqari xalqaro QR-kod beriladi;
  •  Google Scholar tizmida indekslanadi;
  •  ORCID raqam olish imkoniyati mavjud boʻladi;
  •  Ishtirokchilarga maxsus sertifikat taqdim etiladi;
  •  Eng yaxshi va mazmun jihatidan yuqori saviyaga ega boʻlgan ilmiy maqolalar muallifning xohishiga koʻra OAK roʻyxatidagi va SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr etish uchun tavsiya etiladi (amaliy yordam beriladi).

Maqolalar ilovada koʻrsatilgan “Ishtirokchi anketasi” bilan birga qabul qilinadi.
Bayon etilgan maqolalar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi hamda metodik jihatlari boʻyicha muallif(lar) masʼuldir. Qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va qoʻlyozmasi qaytarilmaydi. Batafsil maʼlumotlarni +998 94 242 50 42 telefon raqami orqali olish mumkin.

1-ilova

YOSHLARDA MAʼNAVIY QIYOFANING OʻZGARISHI

Gʻayrat Kosnazarov Avezovich, falsafa fanlari doktori, professor,
Xojamuratova Aziza Baykergenovna, 3 kurs talabasi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Nukus sh. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

              Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. [1. 15]

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Taʼlim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. –T.: Nihol, 2016. -272 b.

2. Matn. Matn. Matn.

ISHTIROKCHI ANKETASI

F.I.Sh.:
Yoʻnalish:
Tezis nomi:
Ish oʻrni va manzili:
Lavozimi:
Ilmiy daraja va unvoni:
Ish joyi va mobil telefoni:
E-mail:

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish