Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli tadbirda ishtirok eting.

Qachon: 2026-yil 5-6-iyun
Joy: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Konferensiya sho‘balari:
- Globallashuv sharoitida yoshlar siyosati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish.
- Yoshlarning siyosiy ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini muhokama qilish.
- Yoshlar bandligi, startaplar va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning samarali modellari.
- Raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiylashuvi va psixologik rivojlanishi masalalari.
- Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash.
Ishtirok etish shartlari:
- Maqola topshirish muddati: 2026-yil 20-mayga qadar.
- Tillar: o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq.
- Hajmi: 3–5 bet.
- Ishtirok etish: BEPUL.
Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Maqolalarni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
- Telegram: @yoshlar_network
- Elektron pochta (xorijliklar uchun): kyoshlar@mail.ru
- Telefon: +998 90 890-92-41
Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar:
- Format: MS Word, Times New Roman, 14 kegl, 1.5 interval.
- Sahifa chegarasi: Yuqori va pastdan – 2,0 sm, chapdan – 3,0 sm, o‘ngdan – 1,5 sm.
- Mualliflar soni: 3 nafardan oshmasligi lozim.
- Tarkib: Mavzu, muallif haqida ma’lumot (F.I.Sh., ish yoki o‘qish joyi, ilmiy darajasi, pochta manzili), annotatsiya, kalit so‘zlar, asosiy matn va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilmiy izlanishlaringizni xalqaro darajada baham ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
