Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan Uchtepa tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda maktabda 1256 nafar oʻquvchi yoshlar tahsil olib, shundan 573 nafarini qizlar tashkil etadi. Maktabda jami 24 ta fan toʻgaraklari mavjud boʻlib, loyiha doirasida 5 ta tashabbus boʻyicha yangi 14 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu toʻgaraklarga maktabning jami 560 nafar oʻquvchisi jalb qilindi.

1-tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishga koʻmaklashish maqsadida maktabda musiqa yoʻnalishi boʻyicha “Xor”, “Dutorchilar”, “Doirachilar”, “Yosh pianinochilar” , “Biz xorijiy tillarda kuylaymiz”, rassomlik yoʻnalishi boʻyicha esa “Yosh rassomlar”, “Yosh ijodkorlar” toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.




2-tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Yosh shaxmatchilar”, “Tayekvando”, “Milliy kurash” , “Gimnastika” toʻgaraklari tashkil etildi.


3-tashabbus – yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish koʻnikmalarini oshirish maqsadida “Yosh dasturchilar”, “Yosh ixtirochilar” toʻgaraklari faoliyat olib bormoqda.

4-tashabbus – yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Yosh kitobxonlar”, “Yosh notiqlar” toʻgaraklari tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar taʼlim muassasasiga 5 ta tashabbusni yanada ommalashtirish yuzasidan 10 ta futbol, 5 ta voleybol, 5 ta basketbol toʻplari, 1 juft basketbol savatchasi, 1 juft mini futbol darvozasi, 2 dona nasos kabi sport inventarlari olib kelindi.

Maktab oʻquvchilarini musiqa, sanʼat, sportga yanada koʻproq jalb qilish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha joriy yilning 17 mayidan boshlab turli konkurs, tanlov va musobaqalar oʻtkazish hamda madaniyat, sanʼat, sport sohalarining koʻzga koʻringan, taniqli vakillari ishtirokida ijodiy kechalar va uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish