Bugun Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash tinglovchilari uchun «Biznes boshqaruvi» fani doirasida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Qiziqarli ushbu dars soatida nafaqat mamlakatimiz balki MDH davlatlarining bozoriga kirib borgan va ushbu hududlarda «Toy bola» nomi bilan o‘z brendi asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan taniqli tadbirkor Anvar Abduqayumov ishtirok etdi. Dars avvalida institut direktori professor Aktam Jalilov tomonidan tadbirkordan olinishi lozim bo‘lgan jihatlar, biznes tafakkurni shakllantirishda bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Qiziqarli mashg‘ulot davomida tadbirkor tomonidan tinglovchilarga biznesga kirish, uni boshlash yo‘llari, biznesdagi risk va undan o‘tish jarayonlari to‘g‘risida hayotiy misollar orqali tushunchalar berildi. Dars tinglovchilarda biznes tafakkurni yanada shakllantirish va eng muhimi uni yuritishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bosqichlarga tayyor turish lozimligini o‘rgatishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yakunda tinglovchilar tomonidan kelgusida ham ushbu dars mashg‘ulotini ochiq muloqot (savol-javob) tarzda tashkil etish bo’yicha bildirgan takliflari A.Abduqayumov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Fikr bildirish