10-12-may kunlari Yoshlar oromgohida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2024-2025- oʻquv yili 4 oylik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun sayyor trening-seminar tashkil etildi.
Trening maqsadi tinglovchilarning koʻnikma va malakasini rivojlantirish boʻlib, uch guruhga boʻlingan holda mashgʻulotlar tashkil etildi. Ma’ruza va seminar mashgʻulotlar institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Dasturdan sport musobaqalari ham oʻrin olgan boʻlib, tinglovchilar oʻrtasida futbol, valeybol oʻyinlari ham tashkil etilmoqda.
Tabiat quchogʻida oʻtkazilayotgan bu kabi trening-seminar mashgʻulotlari tinglovchilarning jamoaviy birdamligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.