TАYANCH DOKTORАNTURА:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqish uchun)

08.00.13 – “Menejment” – 1 oʼrin;

22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi” – 1 oʼrin.

 

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega boʼlganlar qabul qilinadi:
Magistr darajasiga yoxud oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʼyicha)ga ega boʼlganlar;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ikkitadan kam boʼlmagan ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʼlganlar.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Аriza;
  2. Qisqa biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplom yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxalari.
  6. Oʼzbukiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
  7. Tayanch doktoranturada oʼqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili boʼyicha kirish imtihonlari topshiradilar.

 

DOKTORАNTURА:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqish uchun)

         23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” – 1 oʼrin.

QАBUL QILISH UCHUN HUJJАTLАR ROʼYXАTI

  1. Аriza;
  2. Boshqa oliy oʼquv yurtidan kelgan talabgorlar uchun rektor nomiga xat
  3. Ilmiy rahbarning rozilik xati.
  4. Qisqacha biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  6. Oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlgagligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi.
  7. Pasport nusxasi, rasm toʼrt dona;
  8. Tavsiyanoma;
  9. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari;
  10. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Eslatma: Doktoranturaga quyidagilarga ega boʼlganlar qabul qilinadi:

  • Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi.
  • Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

 

MUSTАQIL IZLАNUVCHILIK:

(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʼqish uchun)

23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” – 1 oʼrin;

08.03.13 – “Menejment” – 1 oʼrin;

19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” – 1 oʼrin;

22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi” – 1 oʼrin;

  1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
  2. Magistr diplomi yoki oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi (ixtisoslik boʼyicha) diplomga ega boʼlganlar;
  3. Belgilangan ilmiy maqolalarga ega boʼlganlar;
  4. Kamida ikki yillik ilmiygʼpedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvoxnomalari)ga ega boʼlganlar.
  5. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomgp ega boʼlgan, belgilangan tartibda talablarga muvofik ilmiy daraja olganidan soʼng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiradi.

 

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Аriza;
  2. Qisqa biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  3. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
  4. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplom nusxasi;
  5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  6. Ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxalari;
  7. Ish joyidan tavsifnoma;
  8. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 30 noyabrgacha boʼlgan muddatda ixtisoslik boʼyicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʼyicha amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar 2019 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtixonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari boʼlib oʼtadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov Koʼchasi, 45 uy.

Murojaat uchun telefon: (998 71) 232 61 31

Elektron manzil: ilmiy@yomi.uz

Fikr bildirish