Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2020-2021 oʻquv yili 4 oylik qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqish uchun tanlov eʼlon qiladi.

4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy ma’lumotli va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2021-yil 30-yanvariga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

 1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;

2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza;

3. Soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);

4. Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);

5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji 2 yilga toʻlgan boʻlishi lozim);

6. 3,5 x 4,5 sm. oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat;

7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi.

Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.

Qabul toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining www.yomi.uz saytidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlaridan olishingiz mumkin.

Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari (kirill yozuvida) quyidagi fanlar dasturlariga muvofiq tuziladi:

 

– Huquqshunoslik asoslari
Yuklab olish Yuklab olish

 

– Iqtisodiyot nazariyasi
Yuklab olish Yuklab olish

 

– Oʻzbekiston tarixi
Yuklab olish Yuklab olish

 

Murojaat uchun telefonlar: +99871 232-61-31.

10 “2020-2021 o‘quv yili 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi uchun tanlov e’lon qilinadi

  • Alimova Nargiza Abdirahimovna

    08.01.2021 at 17:44

    Assalomu alaykum hurmatli tashkilotchilar bu o’qituvchilar magistrantlar ham o’qishi mumkinmi?O’qish masofaviymi yoki an’anaviymi?

    Javob berish
  • Eshmamatova Mahliyo

    11.01.2021 at 13:43

    7 yillik ish stajim bor ona tili va adabiyot mutaxasisligim hujjat topshirsam bo’ladimi?

    Javob berish
  • Azimov Fazliddin

    18.01.2021 at 16:16

    Tugallanmagan oliyman sirtqi ta’limda bu yil 3-kursda o’qiyman 2 yil raxbarlik lavozimlarida ishlaganman. Shu insitutga juda qiziqyabman topshirishni iloji bormi

    Javob berish
  • Berdiboyev islom

    18.01.2021 at 22:50

    Men tadbirkor bolmoqchiman, malumotim o’rta
    But yildan owiq stajim bor
    Iltimos menga ham yordam qiling

    Javob berish
  • Shaydullayev Ulug'bek Eshkuvatovich

    22.01.2021 at 09:57

    Assalomu alaykum.Uzr yoshim 34 da.mutaxassisligim tarix va ingliz tili.Men ham topshirsam bo’ladimi. yoki navbatdagi boshqa tanlovga qatnashishim mumkinmi

    Javob berish
  • Нуримметов Умарбай Матсафаевич

    30.01.2021 at 09:44

    Ассалому алайкум,мен Нуримметов Умарбай Матсафаевич Амударё тумани, Холимбек овулиданман,Ёшлар муаммоларин Ургант,истикболли кадрларни тайёрлашга факт олий маълумотли,2 йил стажга эга шахслар шундог хам уз йулини топиб олганлардир.Сиз коллежни битказиб,ишсиз юрган ёшларни кайта тайёрлашни маслахат берган булардим.

    Javob berish
  • Ismayilov Sarvarbek Ibrayimovich

    04.04.2021 at 08:48

    Salom ! Men UrDU ning kasb ta’limi ( buxgalteriya va audit) yo’nalishini tugatganman. «Informatika»yonalishida 4 oylik qayta tayyorlashda o’qimoqchiman va qabul qachon boshlanadi? Internet orqali (elektron tarzida) xujjat topshirsam bo’ladimi?

    Javob berish
  • Худайбердина Турсуной Ибодуллайвна

    08.04.2021 at 07:39

    Ёшим 40 да СамДАКИни тугатганман ишсизман кайта тайорловда укий лламанми?

    Javob berish
  • Shermatova Sarvinoz Bobonazar qizi.

    17.06.2021 at 19:10

    Assalom Alaykum Men QarDU Kasbiy talim «Energetika» yunalishini tamomlaganman. Men qayta tayyorlovga (Matimatika) yunalishiga 4oylik kursga topshirmoqchidim. Qabul qachon boshlanadi? Hujjatlarni onlayin tarzda topshirsam buladimi ?

    Javob berish

Fikr bildirish