Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash – mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo’yicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, yangi kasbiy faoliyatga yo’naltirishdan iborat.
Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilishda test va suhbat asosida O’zbekiston yoshlar ittifoqi, davlat boshqaruv organlari, Respublika jamoat tashkilotlari takliflari inobatga olgan holda yoshi 30 dan oshmagan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan va kamida 2 yillik ish staji mavjud bo’lgan istiqbolli kadrlar tanlab olinadi.
Qayta tayyorlash muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda 16 hafta (tajriba orttirishni hisobga olgan holda, jami 576 soatdan kam bo’lmagan hajm)ni tashkil etadi. Auditoriya mashg’ulotlari haftasiga 36 soatdan, o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan ko’p bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Qayta tayyorlash kursini o’zlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan tinglovchilarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining amaliyot o’tash tartibi Institut tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda belgilanadi va tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida va davlat organlarida amaliyot o’tash tashkil etiladi.
Kirish imtixonlari 2 bosqichdan iborat.
I bosqich: Test sinovlari (Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladi).
II bosqich: Suhbat.