Joriy yilning 7 may sanasida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik 2-davra tinglovchilariga Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimova Durdona Shukrulloyevna “Yoshlarga oid davlat siyosati” fanidan «Yosh rahbarlar uchun boshqaruvdagi zarur ko’nikmalar; amaliyot va tajriba mavzusida ma’ruza o’tdi.
Ma’ruza davomida tinglovchilar Davlat boshqaruvidagi islohotlar,yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati,ijtimoiy tajriba,mehnat bozori bugungi rivojlanayotgan va raqobatbardosh ishbilarmonlik muhitida yosh rahbarlarning roli,rahbarlik lavozimlariga qadam qoʻyayotgan yosh mutaxassislar samarali boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishda duch keladigan muammolar, yosh rahbarning salohiyatini shakllantirishda ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar va boshqaruvdagi zarur ko’nikmalar bilan tanishdi.